
Kashandalikdan qutulishning oson yo'li
Allen Karrning "Oson uslubi" allaqachon butun dunyo bo'ylab millionlab odamlarga chekishni tashlashga yordam bergan: - zo'riqmasdan, - azobli voz kechish davrisiz, - dori-darmonlar va o'rnini bosuvchi vositalar ishlatmasdan, - vazn qo'shmasdan, - osonlik bilan, - tezda, - butunlay. Ushbu kitob sizga nima uchun chekishni boshlaganingizni va aniq salbiy oqibatlariga qaramay, buni davom ettirayotganingizni tushunishga yordam beradi. Siz chekishga undovchi xom xayollar va yanglish fikrlardan xalos bo'lasiz, natijada sigaretga bo'lgan ishtiyoqingiz va chekish istagi hech qanday irodaviy kuch sarflamasdan o'z-o'zidan yo'qoladi. Ushbu kitobni o'qing, oddiy ko'rsatmalarga amal qiling va siz nafaqat chekishni tashlaysiz, balki nikotinga qaramlikdan xalos bo'lish jarayonidan va nikotinsiz hayotdan zavq olasiz. Allen Karrning "oson yo'li" nikotinga qaramlikdan xalos bo'lishning eng samarali usuli bo'lib qoldi va u alkogolizm hamda giyohvandlikdan tortib qimor o'yinlari va haddan tashqari ovqatlanishgacha bo'lgan turli xil qaramliklar va kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. Bu usul millionlab odamlarga hayotlarini yaxshi tomonga o'zgartirishga yordam berdi. U sizga ham yordam beradi. Dunyoda har yili 4 milliondan ortiq odam sigaret chekishi tufayli vafot etadi. Bu giyohvandlikdan o'ladiganlar va hatto urushlarda halok bo'ladiganlar sonidan ham bir necha barobar ko'p. Shunga qaramay, nega kashandalar — o'smirlardan tortib qariyalargacha — bila turib bu zararli odatni tashlay olmaydi? Buning sababi tana nikotinga qaram bo'lib qoladi, deb o'ylayotgandirsiz. Kitobni o'qish davomida kashandalikdan qutulishning oson yo'lini amalda sinab ko'ring. Allen Karrning qo'llanmasi quruq qo'rqitish va targ'ibot emas, balki yillar davomida sinalgan samarali maslahatlardan iborat. Ular yordamida millionlab odamlar chekishni tashlamoqda va bu sizning ham qo'lingizdan keladi! “Kashandalikdan qutulishning oson yo'li” — bu insonlarga chekishni butun umrga tashlashning sinalgan usullarini beruvchi kitobdir. Kitob muallifi Allen Karr bugungacha 50 million insonning chekishni qiyinchiliksiz tashlashiga sabab bo'lgan. Kitobda ma'lumotlar shu ko'rinishda ta'riflanadi: Psixologik yondashuv: Karr e'tiborni sigaret chekishning jismoniy alomatlariga emas, balki tamakiga psixologik qaramlikni bartaraf etishga qaratilgan. Tafakkur o'zgarishi: Kitob chekish haqidagi tasavvuringizni o'zgartirib, uni yoqimsiz va keraksiz mashg'ulotga aylantirib ko'rsatadi. Hech qanday iroda kuchisiz: Karrning ta'kidlashicha, iroda asosiy narsa emas va chekishni oson va iroda kuchini ishlatmay tashlash mumkin. Allen Karr 30 yildan ko'proq vaqt davomida to'xtovsiz sigaret chekkan. 1983-yilda chekishni tashlashga bo'lgan ko'plab muvaffaqiyatsiz urinishlardan so'ng oxir-oqibat chekishni tashladi. Kuniga 60-100 donadan sigareta tutatgan insonda kunlik chekadigan sigaret soni 0 ga tenglashdi. Muallif chekishdan mahrumlik azobini boshdan kechirmasdan, iroda kuchini ishlatmay ham qutulish mumkinligini ko'rsatib beradi. U chekishni to'xtatishning oson yo'lini kashf etganini tushundi va chekuvchilarni davolashga yordam berish missiyasini boshladi. Kitobning eng muhim 2 afzalligi: Og'riqsiz qutulish: Kitob sabab chekishdan og'riqsiz va ruhiy qiyinchiliklarsiz xalos bo'lasiz. Uzoq muddatli muvaffaqiyat: Kitobdagi usullar chekishdan bir urinishda butunlay voz kechishingizga yordam beradi. O'z uslubining muvaffaqiyati natijasida Allen Karr chekishni to'xtatish bo'yicha dunyodagi yetakchi mutaxassis sifatida xalqaro darajada tanildi. Uning klinikalar tarmog'i hozir butun dunyoni qamrab oladi va yer yuzi bo'ylab kashandalikdan xalos bo'lishga ko'mak beradi. Uning birinchi kitobi hisoblangan “Kashandalikdan qutulishning oson yo'li” 40 dan ortiq tillarda nashr etilgan va 12 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Allen Karrning ushbu kitobi nomiga mos ravishda chekish odatidan oson qutulish sirlari haqida. Muallif keng tarqalgan qarashlarga qarshi chiqib, o'z nuqtai nazarini ilgari suradi. Shuningdek, ilmiy asoslar va tajribasiga tayanib, chekishni tashlashning noodatiy usullarini taklif etadi. Kitob nafaqat kashandalikdan aziyat chekayotganlar uchun ishonchli qo'llanma bo'la oladi, balki mavzuga qiziqqan barcha kitobxonlarga foydali ma'lumotlar ham beradi. Ushbu kitob Xalq banki bilan hamkorlikda chop etildi.
Book details
- Publisher
- Asaxiy
- Publication year
- 2024
216 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 11 days.
Finish this book in TelegramWhere to get this book
Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:
Save it in Telegram to read laterReviews
No reviews of this book yet.
Kitoblarim readers
No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.
Read next

Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo'ladi
Barbara Oukli · 2023

Ozor berma: Hayot, o'lim va neyrojarrohlik
Henri Marsh · 2023

Bank 4.0 Doim siz bilan - hozir va shu yerda
Brett King · 2023

Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi
Uolter Ayzekson · 2023
Chekishdan qutulishning oson yo'li
Allen Karr · 2016

The Mermaids Singing (used)
Val McDermid · 1999

Как стать счастливым, ничего не делая, или Мой грандиозный план жизни
Пани Бука · 2018

Dead Souls (used)
Ian Rankin · 1999
Want to know more?
AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.
Ask AI for more