Kitoblarimcatalogue
Back to books
Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati
Literary translation

Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati

Bugun insoniyat turli texnologiyalar va internetsiz hayotni tasavvur ham qila olmaydigan darajaga keldi. Smartfonlar kunu tun davomida nafaqat kattalar, balki bolalarning ham ajralmas yo'ldoshiga aylanib ulgurdi. Zamonaviy texnologiyalarning foydali jihatlari bilan birga zararli tomonlariyam bisyorki, buni bolalarga tushuntira olish uchun avvalo o'zimiz bundan to'la boxabar bo'lishimiz zarur. Yuqori darajada rivojlangan texnologiyalar zamonida tug'ilgan bolalarga ularni butunlay taqiqlash orqali ko'zlangan maqsadga erisholmaymiz. Xo'sh, internet va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishda nimalarga e'tibor qaratish kerak? Qanday yo'l tutilsa, internet bilim manbai bo'lib xizmat qiladi? Farzandimizga qaysi yoshda qanday texnologiya vositalarini qo'llashga ruxsat berishimiz kerak? Bolalarning bunday qurilmalardan to'g'ri foydalanishini nazorat qilish uchun virtual dunyo ota-onalari qanday ma'lumotlarga ega bo'lishlari zarur? Ana shunday dolzarb va hayotiy savollarga javob topishni istasangiz, qo'lingizdagi mazkur “Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati” kitobini mutolaa qilishingizni tavsiya qilamiz. Zero, farzandlar bizning kelajagimiz, hayotimiz davomchilaridir. Dilbandlarimiz bilan virtual emas, mehrli bog'lanishni istar ekanmiz, ushbu mavzuga befarq bo'lmasligimiz lozim

Book details

Publication year
2023

352 pages. At 20 pages a day, you'll finish it in about 18 days.

Finish this book in Telegram

Where to get this book

Kitoblarim is a catalogue of books: the book itself, or a PDF of it, isn't here. Look for a print or e-book copy in these stores:

Save it in Telegram to read later

Reviews

No reviews of this book yet.

Kitoblarim readers

No Kitoblarim reader has rated this book yet. If you've read it, be the first to say what you think.

Read next

Want to know more?

AI can tell you more about this. The answer opens in a new tab, and this page stays open.

Ask AI for more